Hojimat Erkinov: "Superligadagi eng qiyin raqib — "Nasaf"

Hojimat Erkinov: "Superligadagi eng qiyin raqib — "Nasaf"
\"Paxtakor\" Coca-Cola Superliga 4-turining markaziy uchrashuvida \"Navbahor\"dan kichik hisobda ustun keldi. Bellashuv nihoyasiga yetganidan keyin \"sherlar\" yarim himoyachisi Hojimat Erkinovning fikrlariga quloq tutdik.

- O‘yin yaxshi bo‘ldi. \"Navbahor\"dan har jabhada ustun edik. Shu tufayli yakunda g‘alaba qozondik.

- O‘yinning asosiy vaqti tengkurashlar ostida o‘tgandek tuyuldi. Agar gol urilmasa, durang siz uchun qoniqarsiz natija bo‘larmidi?
- Markaziy o‘yinlarda faqat safarda o‘ynayotgan tomonni 1 ochko qoniqtirishi mumkin. Biz bugun faqat 3 ochko uchun maydonga chiqqandik. Bu bevosita o‘yinda ham ko‘rindi.

- \"Paxtakor\" vingerlari doimiy tarzda qanotlarni almashtirib o‘ynashadi. Hojimat Erkinovga ko‘proq qaysi qanot qulayroq?
- To‘g‘risini aytsam, katta futbolga o‘tayotganimda o‘zimni chapda qulayroq his qilardim. Biroq, \"Paxtakor\"da o‘ng tomonga tushirish barobarida qanday harakatlansam, foydaliroq bo‘la olishimni uqtirishdi. Hozir ikkala tomonda bir xil erkinman.

- Bugun chempionlikka da’vo qilayotgan 2 klub o‘zaro to‘qnashdi. \"Sherlar\" oltin medallar uchun kurashda asosiy xavfni qaysi jamoadan kutyapti?
- Hozircha barcha klublar bilan to‘qnashmadik. Shunga hammaning kuchiga to‘g‘ri baho berolmaymiz. Lekin, ortda qolgan o‘yinlardan xulosa qilsak, eng kuchli raqib \"Nasaf\" edi.

- \"Navbahor\"dan ham kuchliroqmi?
- Ha, mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yinligi uchun bo‘lsa kerak, Superkubok bahsi qiyinroq o‘tgandi.

- \"Paxtakor\" 4 aprel kuni OCHLda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi. Guruhdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
- Rosti, hali raqiblarni jamoa bilan tahlil qilmadik. Bugungacha asosiy e’tiborimiz \"Navbahor\"ga qaratilgan edi. Mana, endi OCHL haqida o‘ylashni boshlasak bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.