"Mash’al" yangi legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi

"Mash’al" yangi legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi
Muborakning «Mash’al» klubi ukrainalik Mikola Agapovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Notinch vaziyat sabab milliy chempionat uchrashuvlari to‘xtab qolganidan kelib chiqib, FIFA ukrainalik futbolchilarni transfer oynasidan tashqari ham ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergandi.

Hujumchi Mikola Agapov 1993 yilning 13 noyabr kuni Xarkov shahrida dunyoga kelgan. Uning so‘nggi jamoasi «FK Alyans» Ukraina Birinchi ligasi vakili hisoblanardi. Endilikda futbolchi «Mash’al»ning Superliga yo‘lidagi raqobatiga yordam berishga harakat qiladi.
"Mash’al" yangi legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi
Futbolchi 31 mart kuni O‘zbekistonga yetib kelgan. Ayni vaqtda Muborak shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Mikola Agapovga yurtimizdagi faoliyatida omad, uning vataniga esa tinchlik va osoyishtalik tilaydi, - deya xabar bermoqda, O‘zPFL matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.