YEKL. Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Roma" mag‘lub bo‘ldi

YEKL. Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Roma" mag‘lub bo‘ldi
Yevropa konferensiyalar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan \"Budyo-Glimt\" - \"Roma\" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, 43-daqiqada Pellegrini hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada Venbangamo muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtiga tugagan bir paytda Vetlesen Norvegiya klubiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi 14-dan 15 aprelga o‘tar kechasi tunggi soat 00:00da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish lozim, Shomurodov ushbu bahsning 65-daqiqasida maydonga tushdi.

\"Bude-Glimt\" – \"Roma\" 2:1
Gollar
: 0:1 – 43 Pellegrini, 1:1 – 56 Vembangomo, 2:1 – 89 Vetlesen.
Bude-Glimt – Xaykin, Sampsted, Xoybroten, Moe (Kvile, 90), Vembangomo, Saltnes, Vetlesen, Xagen, Kumson (Mvuka, 82), Espeyord (Bonifase, 77), Pellegrino.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini (Smolling, 69), Kumbula, Rojer, Zalevski (Vinya, 65), Mxitaryan (Shomurodov, 65), Serjiu Oliveyra, Kristante, Pellegrini, Abraxam.
Ogohlantirishlar: Kristante (18), Vinya (88).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.