YECHL. "Sariq suvosti kemasi" "Bavariya"ni chorak finalda "cho‘ktirib" yubordi

YECHL. "Sariq suvosti kemasi" "Bavariya"ni chorak finalda "cho‘ktirib" yubordi
Yevropa chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan \"Bavariya\" - \"Vilyarreal\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

Dastlab, 52-daqiqada Levandovski hisobni ochdi. 88-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Chukveze muvozanatni tikladi.

Eslatib o‘tamiz, ilk bahsda \"sariq suv osti kemasi\" 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Shu tariqa, ispanlar YECHL yarim finaliga yo‘l oldi.

\"Bavariya\" – \"Vilyarreal\" 1:1
Gollar:
1:0 – 52 Levandovski, 1:1 – 88 Chukvueze.
\"Bavariya\" – Noyer, Ernandes (Devis, 87), Upamekano, Pavar, Goretska, Kimmix, Musiala (Gnabri, 82), Myuller (Shupo-Moting, 90), Levandovski, Koman, Sane.
\"Vilyarreal\" – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Chukvueze, 84), Kapu, Parexo (Ore, 90), Jerar Moreno, Dandjuma (Pedrasa, 84).
Ogohlantirishlar: Levandovski (33), Foyt (59), Lo Chelso (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.