Mourinyu: "Biz "Bude-Glimt"dan kuchlimiz"

Mourinyu: "Biz "Bude-Glimt"dan kuchlimiz"
\"Roma\" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Konferensiyalar ligasi doirasida \"Bude-Glimt\"ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi.

\"Yaxshi o‘yin bo‘lishini kutyapman. Kim kuchli bo‘lsa o‘sha yutsin, ya’ni biz. O‘tgan hafta payshanba kuni bo‘lgan ish - xotiralardan o‘chgani yo‘q. O‘yin yaxshi ketayotgandi, keyinchalik birgina noxush holat barchasini buzib yubordi. Hozir biz shunchaki o‘ynashni istaymiz. Assistentlarim qattiq jaxl otiga mindi? Bu yolg‘on. Bu juda ko‘p gapiriladigan yolg‘on\", - dedi Mourinyu.

\"Roma\" hamda \"Bude-Glimt\" jamoalari ishtirokidagi chorak finalning dastlabki o‘yinida norvegiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.