OCHL: "Nasaf" va "Paxtakor" keyingi o‘yinlarini qachon va kimga qarshi o‘tkazadi?

OCHL: "Nasaf" va "Paxtakor" keyingi o‘yinlarini qachon va kimga qarshi o‘tkazadi?
O‘zbek klublarining Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtiroki davom etmoqda.

Jumladan, guruh bosqichining 5-turida “Paxtakor” Eronning “Sepaxon” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs 22 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida “Sepaxon” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

“Nasaf”ni esa 5-turda Qatarning “Al-Sadd” klubiga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ushbu uchrashuv 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, \"Paxtakor\" musobaqaning \"D\" guruhida 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. \"E\" guruhidan joy olgan \"Nasaf\" hisobida esa 5 ochko bor va \"ajdarlar\" 2-o‘rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.