YouTube ko‘rinishini o‘zgartirdi (foto)

YouTube ko‘rinishini o‘zgartirdi (foto)
YouTube so‘nggi haftalar davomida qayta dizayn qilingan bosh sahifasini sinovdan o‘tkazdi. 9to5google videoxostingning mobil va desktop talqinlarida bosh sahifalar qanday bo‘lishini ko‘rsatdi.

Testdan o‘tayotgan bosh sahifalar redizayni bir nechta foydalanuvchiga ko‘ringan. Ular fursatni boy bermay skrinshot olishga ulgurishdi.

iPad planshetidagi Safari brauzerida yangilangan YouTube quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
YouTube ko‘rinishini o‘zgartirdi (foto)
YouTube ko‘rinishini o‘zgartirdi (foto)
Turli temalardagi karusel burchaklari o‘tmaslashgan to‘rtburchaklar ko‘rinishiga keltirilgan. Mitti roliklar burchaklari ham bosh sahifada, shuningdek, video sahifasidagi qidiruvda yanada dumaloqlashdi. Layk/dizlayk, «ulashish» va hokazo tugmalar tabletka shaklini olgan.

Desktop (kompyuterlar) uchun YouTubeda qora tema yanada «qoraygan»:
YouTube ko‘rinishini o‘zgartirdi (foto)
YouTube ko‘rinishini o‘zgartirdi (foto)
YouTube bosh sahifasi redizayni testlari davom etmoqda, shu bois hozircha uni ko‘rish imkoniyati katta emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.