Instagramda noma’lum shaxsning iPhone 7 smartfoni orqali olingan selfisi paydo bo‘ldi

Instagramda noma’lum shaxsning iPhone 7 smartfoni orqali olingan selfisi paydo bo‘ldi
Instagramda noma’lum shaxsning iPhone 7 smartfoni orqali olingan selfisi paydo bo‘ldi

Instagramdagi shaxsi noma’lum foydalanuvchi stevlocker laqabi ostida tarmoqqa yangi iPhone 7 smartfoni orqali suratga olingan liftdagi selfini joyladi. Bu haqda \"9to5Mac\"ga asoslanib \"Kun.uz\" xabar bermoqda.

No’malum shaxs qo‘lida ushlab turgan apparatning orqa panelida gorizontal antenna vstavkalari mavjud emas. Mish-mishlarga qaraganda, yangi iPhone aynan mana shu imkoniyatga ega bo‘lishi kerak.
Instagramda noma’lum shaxsning iPhone 7 smartfoni orqali olingan selfisi paydo bo‘ldi

Nashrning qayd etishicha, mazkur surat muallifi Apple Music bo‘linmasining fransiyalik xodimi Stiven Hyuon bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, suratdagi apparatda faqat bitta kamera joylashgan. Lekin taxminlarga ko‘ra, yangi qurilma ikkita kameraga ega bo‘ladi.
Instagramda noma’lum shaxsning iPhone 7 smartfoni orqali olingan selfisi paydo bo‘ldi

Suratga yozilgan izohlarda foydalanuvchilar bu bor-yo‘g‘i iPhone 6s grafik muharrirligi ostida o‘zgartirilgan yolg‘on xabar ekanligini qayd etishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.