Apple keyingi iPhone uchun yangi rang o‘ylab topdi


Apple kompaniyasi iPhone 7 qurilmasini ishlab chiqarishda Space Gray (kulrang fazo) rangidan voz kechadi. Bu haqida iPhoneHacks portaliga asoslanib \"Kun\" xabar beradi.
Yaponiyadagi manbalarning ta’kidlashicha, kompaniya keyingi telefon modelini yangi - Deep Blue (to‘q ko‘k) rangda ishlab chiqaradi. Nashrning ma’lum qilishicha, Deep Blue ham Space Gray kabi birinchi navbatda erkaklarga mo‘ljallangan.
Bunday telefon sohiblari ularning qo‘llarida eng yangi model ekanini bemalol isbotlay olishadi, chunki iPhone qurilmalari avval Deep Blue rangida chiqmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













