Kundalik.com tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi

Kundalik.com tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi
\"\"
Foto: nuz.uz

Endi oʻqituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qoʻyishi, ham mavzuni koʻrishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Kundalik.com tizimiga oʻzgartirishlar kiritilganini ma'lum qildi.

“Ta'lim nazorati” kanali xabariga koʻra: «Kun uchun jurnal»da «dars oʻtkazildi» katagiga belgi qoʻyish mumkin boʻldi. Endi oʻqituvchilar «Kun uchun jurnal»da davomat va baholarni hamda darhol dars oʻtkazilganligini belgilashlari mumkin.

Oʻqituvchilar jurnalni Kundalik’ning veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek Kundalik.Teacher ilovasida toʻldirishlari mumkin.

Direktorlarning tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari uchun «Ma'naviyatni boshqarish, Maktab» hamda «Ma'naviyat boshqaruvi», «Sinf rahbari uchun» davomat hisobotlari paydo boʻldi. Bu nazorat qiluvchi organlarga ma'lumotlarni uzatishni soddalashtiradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.