Verizon kompaniyasi Yahoo’ni sotib olayotganini tasdiqladi

Verizon kompaniyasi Yahoo’ni sotib olayotganini tasdiqladi
Verizon kompaniyasi Yahoo’ni sotib olayotganini tasdiqladi

AQShning eng yirik provayderi – Verizon telekommunikasion kompaniyasi Yahoo! internet-kompaniyasini 4,83 mlrd dollarga xarid qilayotganini e’lon qildi. Bu haqda \"Kun\" xabar berdi.

Bu haqda Verizon tomonidan tarqatilgan xabarda aytilmoqda. Xabarda ta’kidlanishicha, bitim 2017 yil 1-choragida yopilishi kerak. Bitim oxiriga etgach, Yahoo! o‘z nomini o‘zgartirib, investision kompaniyaga aylanadi va o‘z ortidan Alibaba Group Holdings va Yahoo Japan kompaniyalari aksiyalari paketi va patentlarning bir qismini saqlab qoladi.

Yahoo! kompaniyasi 1994 yilda tashkil topgan. Ayni vaqtda u AQShda ommabopligi bo‘yicha 3-raqamli qidirish servisiga ega. Bundan tashqari, kompaniya bir qator portallar, jumladan yangiliklar portali va Flickr fotoxostingiga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.