Apple «Mashinada karaoke» shousini sotib oldi


Apple kompaniyasi ommaviy shou bo‘lmish Carpool Karaoke («Mashinada karaoke»)ning barcha huquqlarini sotib oldi. Bu haqda \"Kun\" nashri xabar bermoqda.
Kompaniya shouni Apple Music obunachilari uchun ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Karaoke «The Late Late Show With James Corden» («Jeyms Kordenning juda ham kechki shousi») dasturining bir qismi bo‘lgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Korden amaliy prodyuser sifatida tayinlangan va loyihani davom ettirishi ma’lum qilingan.
Apple musiqa xizmati foydalanuvchilari uchun har hafta bir marta eksklyuziv loyihani taqdim etishni rejalashtirgan. Kompaniya tasarrufida ayni damda 16 ta shou mavjud.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













