Telegram messenjerida ma’lumotlarni saqlash uchun chat yo‘lga qo‘yildi

Telegram messenjerida ma’lumotlarni saqlash uchun chat yo‘lga qo‘yildi
Telegram messenjerida ma’lumotlarni saqlash uchun chat yo‘lga qo‘yildi

Pavel Durovning Telegram messenjerida yangi funksiya paydo bo‘ldi. Endi foydalanuvchilar zarur fayllarni saqlash uchun chatni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi., deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Telegram rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilar avval ham ma’lumotlarni saqlash uchun chatlardan foydalanishgan. Endi esa rasman o‘zingiz uchun chat ochib, bu erda kerakli ma’lumotlarni saqlashingiz mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, messenjerda taniqli stikerlar bo‘limi paydo bo‘ldi. Ular guruhlarga taqsimlangan. Stiker to‘plamlarini qo‘shish jarayoni yengillashtirilgan – ularning soni 200ga etganidan so‘ng eski to‘plamlar avtomatik tarzda arxivga joylanadi.

Shtab-kvartirasi Berlinda bo‘lgan Telegram o‘zini ishonchli, xavfsiz messenjer sifatida namoyon etmoqdi, undan yuborilayotgan barcha ma’lumotlar boshidan oxirigacha shifrlanadi va hech bir davlat hukumatiga taqdim etilmaydi. Ushbu messenjerdan foydalanuvchilarning umumiy soni bugungi kunda 100 million kishini tashkil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.