Apple smartfon sotish borasida Samsung’ni ortda qoldirdi

Apple smartfon sotish borasida Samsung’ni ortda qoldirdi
Apple smartfon sotish borasida Samsung’ni ortda qoldirdi

iPhone 2014 yilning 4-choragida eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi. Bu smartfon sotish borasida Apple’ning Samsung kompaniyasini ortda qoldirishga imkon berdi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.

Apple kompaniyasi 2014 yilning 4-choragida taxminan 75 mln dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan. Samsung kompaniyasining esa 73 mln dona smartfoni o‘z egasini topgan. 2013 yilda Samsung 83 mln, Apple 50 mln dona smartfon sotgan edi.

2014 yil 4-choragida 24 mln dona smartfon sotgan Lenovo kompaniyasi 3-o‘rinni egallagan.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.