Akula va krossovka shaklidagi kompyuterlar taqdim etildi

Akula va krossovka shaklidagi kompyuterlar taqdim etildi
Kompyuterlar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Cooler Master kompaniyasi o‘zining noodatiy dizayndagi kompyuter va turli gadjetlari bilan ajralib turadi.
Akula va krossovka shaklidagi kompyuterlar taqdim etildi
Foto: Europa Plus
2023 yilda kompaniya krossovka ko‘rinishidagi Sneaker X o‘yinlar uchun maxsus kompyuterini taqdim etgan edi. 2024 yilda bo‘lib o‘tgan Consumer Electronics Show — Maishiy elektronika ko‘rgazmasida akula ko‘rinishidagi Shark X nomli kompyuterini namoyish qildi.
Akula va krossovka shaklidagi kompyuterlar taqdim etildi
Foto: Europa Plus
Sneaker X va Shark X qurilmalar umumiy jihatga ham ega: Ikkala kompyuterda Intel Core i9-14900KF protsessori va MSI GeForce RTX 4070 Ti Gaming videokartasi joylashtirilgan. Bundan tashqari, har bir korpusda 32 Gb operativ xotira mavjud.
Akula va krossovka shaklidagi kompyuterlar taqdim etildi
Foto: Europa Plus
Cooler Master kompaniyasi ta’kidlashicha, shaxsiy kompyuterlar korpusi to‘liq yangilanishi mumkin, biroq yangi komponentlar kompyuter tashqi ko‘rinishidagi estetikani buzish ehtimoli bor. Sneaker X to‘plamiga qo‘shimcha ravishda maxsus nakleykalar kiritiladi.
Akula va krossovka shaklidagi kompyuterlar taqdim etildi
Foto: Europa Plus
Ishlab chiqaruvchi Shark X 2024 yilning ikkinchi choragida sotuvga qo‘yilishini e’lon qildi. Uning narxi salkam 7000 dollarni tashkil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.