iPhone 7 va 7 Plus’da yangi muammo aniqlandi (video)


Ilk xaridorlar iPhone 7 va 7 Plus’da noodatiy muammoni aniqladi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru»ga asoslanib \"Daryo\" xabar berdi. Qurilmaga ko‘p vazifa yuklatilganida u vishillashga o‘xshash g‘alati tovush chiqaradi.
YouTube’dagi DetroitBORG va 512 Pixels kanallari mualliflari muammo haqida tasavvur hosil qiladigan videoni joyladi. U HissGate deb nomlandi.
512 Pixels kanali yaratuvchisi Stiven Xakett ta’kidlashicha, Apple’dagilar allaqachon muammodan xabardor qilingan. Bunday xususiyat muayyan partiyadagi iPhone 7 va 7 Plus’da kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Vishillaydigan smartfonlarni 5—7 kun ichida bunday tovush chiqarmaydigan qurilmalarga almashtirish mumkin. Apple vaziyatga rasman izoh berganicha yo‘q.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













