Evropadagi eng tezkor internetga ega mamlakat nomi e’lon qilindi

Evropadagi eng tezkor internetga ega mamlakat nomi e’lon qilindi
Evropadagi eng tezkor internetga ega mamlakat nomi e’lon qilindi

Norvegiya Evropa mamlakatlari orasida internet tezligi bo‘yicha reytingda Shvesiyaning o‘rnini egalladi, deb yozmoqda \"Kun.uz\" sayti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Norvegiyadagi internetning o‘rtacha tezligi 2015 yil bilan qiyoslaganda 55 foizga ko‘tarilgan. Shunga qaramay, Norvegiya 20,1 Mbit/soniya ko‘rsatkich bilan bu boradagi jahon etakchisi Janubiy Koreyani (27 Mbit/soniya) ortda qoldira olmagan.

Uchinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan Hongkongda internet tezligi 19,5 Mbit/soniyani ko‘rsatgan bo‘lsa, Shvesiyadagi internet tezligi — 18,8 Mbit/soniyani tashkil etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.