Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon

Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon
Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yaxshi texnik parametrlarga ega bo‘lgan arzon Redmi 3S Plus smartfonini taqdim qildi. Smartfon 5 dyuymli displey va 4100 mA/st sig‘imli yirik batareyaga ega.

Redmi 3S Plus tashqi tarafdan Redmi 3S modelidan deyarli farq qilmaydi. Texnik parametrlari ham ancha bir-biriga yaqin. Redmi 3S Plus metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri ham ko‘zda tutilgan. Hi-tech.mail.ru nashriga asoslanib Terabayt.uz yozishicha, smartfon 140 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

Xiaomi Redmi 3S Plus versiyasiga HD aniqligidagi ekran, sakkiz yadroli Snapdragon 430 prosessori, 13 MPli kamera, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Doimiy xotira sig‘imini microSD yordamida yanada kengaytirish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.