Dyson V8 – simsiz va shovqinsiz changyutgich

Dyson V8 – simsiz va shovqinsiz changyutgich
Dyson V8 – simsiz va shovqinsiz changyutgich

Dyson firmasining Dyson V8 nomli yangi simsiz changyutgichi futuristik dizayn va qulay ergonomik xususiyatlarga ega. Shuning uchun undan nafaqat pollarni tozalashda, balki boshqa notekis yuzalarni saranjom-sarishta qilishda ham foydalansa bo‘ladi.
Dyson V8 – simsiz va shovqinsiz changyutgich

Changyutgichni bir marta to‘liq zaryadlab, uni 40 daqiqa davomida ishlatish mumkin. Gadjet 5 yillik faol foydalanishga mo‘ljallangan. Akkumulyatorni 700 martagacha qayta zaryadlash mumkin. Changyutgich konteynerini chiqindilardan tozalash paytida siklon tizimi yuqoriga ko‘tariladi, silikon gardish esa undagi barcha chang va qoldiqlarni yaxshilab bartaraf etadi.
Dyson V8 – simsiz va shovqinsiz changyutgich

Modelga quvvati 425 Vt bo‘lgan raqamli dvigatel o‘rnatilgan. U avvalgi Dyson changyutgichidagi motordan 75 Vt ortiqroq quvvatga ega, biroq shovqin darajasi 50 foizga kamroq.

Dyson V8 changyutgichining og‘irligi — 2,6 kg. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan narxi 750 dollar atrofida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.