Meizu Box TV-pristavkasini ovoz bilan boshqarish mumkin

Meizu Box TV-pristavkasini ovoz bilan boshqarish mumkin
Meizu Box TV-pristavkasini ovoz bilan boshqarish mumkin

Kuni kecha Meizu M5 modelidan tashqari xitoylik kompaniya Meizu Box nomli TV-pristavkasini ham namoyish qildi. Gadjet chiroyli dizaynda ishlangan, u dumaloq qirrali uchburchak shakliga ega. Pristavka USB va HDMI portlar bilan jihozlangan, Dolby formatidagi audio va videoni qo‘llab-quvvatlaydi, qurilma 2 GGs chastotali Mali-450 grafik tezoatkichi sozlangan to‘rt yadroli A53 prosessorida ishlaydi.
Meizu Box TV-pristavkasini ovoz bilan boshqarish mumkin

Operativ xotiraning sig‘imi – 1 GB, doimiy xotira esa – 8 GB. TV-pristavka Android 6.0. dasturiga asoslangan Flyme TV interfeysida faoliyat yuritadi. Mazkur interfeys yordamida smartfondagi kontentni televizorga chiqarish mumkin.

Gadjetga ilova qilingan Bluetooth moduli orqali ishlaydigan distansion pult 8 metr radiusda ishlay oladi. Modelning cheklangan partiyasi 44 AQSh dollari narxida Xitoyda sotuvga chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.