Google Gboard klaviaturasining dizaynini yangiladi

Google o‘zining Gboard klaviaturasida Dynamic Color mavzusini yangilab, dizaynini yanada soddalashtirdi. Endi klaviaturadagi yordamchi tugmalar bitta rangga ega bo‘lib, u ish stoli fon rasmlariga mos ravishda tanlanadi. Shu sababli, klaviatura umumiy ko‘rinishi ancha jimjimadorsiz va minimalist uslubda bo‘ldi. Shuningdek, qorong‘i rejim endi avvalgidan ham yanada quyuqroq bo‘ldi.

Yangilanish Google serverlari orqali avtomatik ravishda amalga oshadi, shuning uchun ilovani yangilamasdan ham yangi dizayn paydo bo‘lishi mumkin. Ammo buning uchun Gboard’ning 14.9 versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Agar yangilanish hali paydo bo‘lmagan bo‘lsa, uni qo‘lda chaqirish mumkin: Gboard’ni sozlamalarda to‘xtatib, keyin tizimning yorug‘ yoki qorong‘i mavzusiga o‘tish kifoya.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.