DOOM endi Google qidiruv satrida ishga tushirildi

Dasturchilar koʻp yillardan beri mashhur DOOM oʻyinini turli qurilmalarda ishga tushirishga harakat qilib kelishmoqda. Ilgari ushbu klassik shuter brauzerga moslashtirilgan boʻlsa, endi esa u Google qidiruv satrida ham ishga tushdi.
Pedro Webber ismli dasturchi DOOM’ni Google qidiruv satrida ishga tushirish imkonini beruvchi skript yozdi. U oʻyin portini Python’da yaratib, uni qidiruv tizimi orqali ishga tushirish uchun moslashtirdi. Jarayon davomida maxsus tuzatishlar talab qilingan boʻlsa-da, natija ijobiy boʻldi. Oʻyin qora-oq rejimda va past kadr tezligida ishlaydi, ammo hatto geympad orqali ham boshqarish mumkin.
Bunga oʻxshash loyihalar avval ham amalga oshirilgan. Boshqa bir dasturchi DOOM’ni Chromium brauzerlarini qoʻllab-quvvatlaydigan PDF faylda ishga tushiradigan skript yaratgan edi. Bundan tashqari, oʻyin kapcha, Telegram messenjeri va boshqa noodatiy platformalarga ham moslashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Pedro Webber ismli dasturchi DOOM’ni Google qidiruv satrida ishga tushirish imkonini beruvchi skript yozdi. U oʻyin portini Python’da yaratib, uni qidiruv tizimi orqali ishga tushirish uchun moslashtirdi. Jarayon davomida maxsus tuzatishlar talab qilingan boʻlsa-da, natija ijobiy boʻldi. Oʻyin qora-oq rejimda va past kadr tezligida ishlaydi, ammo hatto geympad orqali ham boshqarish mumkin.
Bunga oʻxshash loyihalar avval ham amalga oshirilgan. Boshqa bir dasturchi DOOM’ni Chromium brauzerlarini qoʻllab-quvvatlaydigan PDF faylda ishga tushiradigan skript yaratgan edi. Bundan tashqari, oʻyin kapcha, Telegram messenjeri va boshqa noodatiy platformalarga ham moslashtirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













