Adobe VoCo: ovozga mo‘ljallangan Photoshop

Adobe VoCo: ovozga mo‘ljallangan Photoshop
Adobe VoCo: ovozga mo‘ljallangan Photoshop

O‘tgan hafta Adobe kompaniyasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan Adobe MAX 2016 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Terabayt.uz nashrining ma’lum qilishicha, mazkur konferensiyada muayyan taqdimotlardan biri Project Voco nomli loyihaga bag‘ishlandi.

Taqdimot davomida kompaniya dasturchisi Zyu Djin yangi loyiha audio fayllarni qayta ishlashda ulkan imkoniyatlar taqdim etishini qayd qilib o‘tgan. Adove VoCo haqida qo‘shimcha tasavvur berish maqsadida dasturchi uni tasvirlarni tahrirlashga mo‘ljallangan Photoshop dasturiga qiyosladi. Shuningdek, dasturchi mazkur loyihadan foydalanish bag‘oyatda yengil bo‘lib, foydalanuvchidan ortiqcha bilimlarni talab qilmasligini ma’lum qilgan. Adove VoCo dasturi, birinchi navbatda, kiritilgan matnlarni ovozli formatga o‘girishga xizmat qiladi.
Adobe VoCo: ovozga mo‘ljallangan Photoshop

Bunday echimli dastur podkast va audiokitoblar yaratuvchilari uchun ulkan imkoniyatlarni taqdim qilib, ularning ishini yengillashtirishi mumkin. Ba’zi mutaxassislar halidan bu kabi dasturlar turli firibgarlarga ham qo‘l kelishini istisno etishmayapti. Axir, dastur yordamida istalgan ovozni tayyorlash mumkin bo‘larkan. Tafsilotlarni kutamiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.