Kaspi endi O‘zbekistonga Uzcard va Humo orqali pul yuboradi

Kaspi endi O‘zbekistonga Uzcard va Humo orqali pul yuboradi
Qozog‘istonning “Kaspi.kz” fintech xizmati O‘zbekistondagi Uzcard va Humo to‘lov tizimi kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar berdi uz24.uz.

Bunga qadar Qozog‘istondan O‘zbekistonga faqat Visa va Mastercard orqali pul yuborish mumkin edi. Endilikda “Kaspi.kz” super ilovasida kerakli karta raqamini kiritish kifoya — qabul qiluvchining ismi avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

Yangi funksiya ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni soddalashtirishi va migrantlar hamda oila a’zolari uchun yanada qulaylik yaratishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.