Apple kuzda o‘z internet-televideniesini ishga tushirmoqchi

Apple kuzda o‘z internet-televideniesini ishga tushirmoqchi
Apple kuzda o‘z internet-televideniesini ishga tushirmoqchi

Apple o‘z internet-televideniesini yaratmoqchi va buning uchun telekanallar bilan muzokaralar olib borishni boshladi, deya xabar bermoqda Interfax. 25 ta kanaldan iborat paket iyunda taqdim etilib, kuzdayoq ishga tushadi.

Ushbu servisdan iOS tizimida ishlovchi barcha qurilmalar, jumladan Apple TV, iPhone, iPad egalari foydalanishi mumkin.

Apple ommabop HBO kanali bilan uning dasturini apreldan Apple TV’ga kiritish haqida kelishib oldi. Ayni paytda kompaniya Fox, ABC, CBS telekanallari, shuningdek, Walt Disney va 21st Century Fox kinostudiyalari bilan hamkorlikni muhokama qilishga kirishdi.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.