Adobe Android uchun to‘liq Photoshop dasturini chiqardi

Adobe Android uchun to‘liq Photoshop dasturini chiqardi
Adobe Android qurilmalari uchun to‘liq imkoniyatlarga ega Photoshop ilovasining beta versiyasini chiqardi, deb xabar berdi Rozetked.me.

Ilova sensorli boshqaruv uchun moslashtirilgan bo‘lib, qatlamlar, maskalar, obyekt tanlash va tasvirni tuzatish kabi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, unga Firefly sun’iy intellekti integratsiya qilingan bo‘lib, Generative Fill funksiyasi orqali rasmga yangi obyektlar chizish yoki mavjudlarini o‘zgartirish mumkin. Spot Healing Brush, avtomatik obyekt ajratish, ekspozitsiya sozlamalari, rang balansi va qatlam aralashuv uslublari ham mavjud.

Ilovaning interfeysi Photoshop Express uslubida bo‘lsa-da, u desktop versiyasidagi yangi imkoniyatlar bilan boyitilgan.

Ilova Android 11 va undan yuqori tizimlarda ishlaydi. Hozircha barcha funksiyalar bepul va obunasiz taqdim etilmoqda. Adobe uni qachon to‘liq chiqaradi va pullik qilishi noma’lum. iOS versiyasi esa keyinroq chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.