2017 yilda Google muqobil energiya manbalariga o‘tadi


Google korporasiyasi 2017 yilda barcha axborotni qayta ishlash markazlarini muqobil energiya manbalariga — shamol tegirmonlari va quyosh batareyalariga o‘tkazishi borasidagi rejalarni oshkor etdi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Bu Google’ning barcha kompyuterlari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan oziqlanadi degani emas. Google turli manbalardan, shu jumladan, GES, tabiiy gaz, ko‘mir va shamoldan keladigan energiyadan foydalanadi.
Oxirgi o‘n yilda Google ko‘plab muqobil energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar imzoladi va bu bilan o‘z ishida qayta tiklanuvchi manbalar energiyasi ulushini ko‘paytirdi.
Sekin-asta korporasiya butunlay ekologik toza energiyaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













