YouTube Shimoliy Koreyaning davlat kanalini bloklab qo‘ydi


YouTube videoservisi KXDR davlat televideniesidagi kanalni bloklab qo‘ydi. Bu haqda The Washington Post\'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Bu ma’noda YouTube AQShning Shimoliy Koreyaga qo‘llagan amaldagi sanksiyalarini buzishdan chetlashdi. Gazetaning ma’lum qilishicha, bloklash shu sababdan qo‘llanilgan-ki, KXDR undan reklama orqali foyda olishni ko‘zlagan.
Gazeta bergan xabarga ko‘ra, Google kanalning sahifasini YouTube’dan avvalroq, noyabr oyida bloklagan edi.
Ma’lumot uchun: KXDRning mazkur kanali tungi ko‘rsatuvlar va turli targ‘ibot dasturlarini uzatib boradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













