Samsung yangi mahsulotlari taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi

Samsung yangi mahsulotlari taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi
Samsung yangi mahsulotlari taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi

Samsung o‘zining yangi mahsulotlari taqdimotiga rasmiy taklifnomalar tarqatdi. Taqdimot Las-Vegasda kelgusi yilning 5—8 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilishi ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Daryo».

Taqdimot ko‘rgazma arafasida, 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yil korporasiya stilusli planshet, Gear S3 aqlli soatlarining maxsus modifikasiyasi va Samsung Galaxy A smartfonlarining 2017 yil lineykasini taqdim etishi kutilmoqda.

Samsung bozordan qaytarib olingan Samsung Galaxy Note 7 ni almashtiradigan stilusli fabletni namoyish etishi ehtimoli juda kam ekanligi bildirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.