OpenAI yoshlar uchun ChatGPT’da cheklovlar joriy qilmoqda

OpenAI kompaniyasi 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun ChatGPT’dan foydalanishga yangi cheklovlar qo‘llashini ma’lum qildi, deb TechCrunch xabar berdi.
Mazkur qaror kompaniyaning xavfsizlik, nazorat va axloqiy me’yorlarga rioya qilish maqsadida qabul qilingan. Endilikda yosh foydalanuvchilar uchun ba’zi imkoniyatlar cheklanadi yoki butunlay yopilishi mumkin.
OpenAI o‘z bayonotida bu o‘zgarishlar bolalar va o‘smirlar xavfsizligini ta’minlash, ularga mos keladigan kontentni taqdim etish uchun amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Yangilangan siyosat yaqin haftalarda bosqichma-bosqich kuchga kiradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













