Xakerlar boy kripto egalarini nishonga oldi


Shimoliy Koreya bilan bog‘liq xakerlar bu yil boy kripto foydalanuvchilardan 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ o‘g‘irladi. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 13 foiziga teng.
Avval ular kriptovalyuta kompaniyalariga hujum qilgan bo‘lsa, endi shaxsiy foydalanuvchilarni nishonga olyapti. Mutaxassislar buni ularning himoya tizimlari sustligi bilan izohlaydi.
O‘g‘irlangan mablag‘lar Shimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturlariga yo‘naltirilayotgani aytilmoqda. Eng yirik hujum ByBit birjasida bo‘lib, 1,4 milliard dollar o‘g‘irlangan.
Mutaxassislar ayrim hujumlar oshkor etilmagani sababli zarar bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













