Samsung Galaxy S8 ning birinchi renderlari paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy S8 ning birinchi renderlari paydo bo‘ldi
Samsung Galaxy S8 ning birinchi renderlari paydo bo‘ldi

Bloger Veniamin Geskin Twitter’dagi sahifasida Samsung Galaxy S8 smartfonining ilk renderlarini e’lon qildi. Suratlarga qaraganda, smartfon u chetdan bu chetgacha butun maydonni qamrab oladigan ekranga ega bo‘ladi va real tugmalari bo‘lmaydi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Fotodan, shuningdek, ekranning ikki tomoni ham qabariq bo‘lishi ma’lum bo‘lmoqda. Ilgarigi avloddan farqli ravishda, yangi flagmanning hoshiyalari pastda va tepada yupqaroq bo‘ladi.
Samsung Galaxy S8 ning birinchi renderlari paydo bo‘ldi

Bundan tashqari, smartfon ko‘zning rangdor pardasi hamda barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi — ular displey paneliga o‘rnatiladi.
Samsung Galaxy S8 ning birinchi renderlari paydo bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotga qaraganda, smartfon USB-C porti, stereodinamiklar, 3,5 millimetrli standart audioulagichlar bilan ta’minlanadi.
Samsung Galaxy S8 ning birinchi renderlari paydo bo‘ldi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.