Tarmoqda Windows 10'ning yangi dizayni suratlari paydo bo‘ldi

Tarmoqda Windows 10'ning yangi dizayni suratlari paydo bo‘ldi
Tarmoqda Windows 10'ning yangi dizayni suratlari paydo bo‘ldi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 operasion tizimining foydalanuvchi interfeysini yangilash ustida ish olib bormoqda. Kompaniya ichida ushbu yangi loyihani Project Neon deb atashmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.

Yangi dizaynda animasiya hamda blur effekti ko‘proq ishlatiladi. Bundan tashqari, dasturchilarga o‘z ilovasining dizaynini batafsil sozlash imkonini beruvchi Acrylic uskunasi paydo bo‘ladi.
Tarmoqda Windows 10'ning yangi dizayni suratlari paydo bo‘ldi

MSPowerUser bergan ma’lumotga ko‘ra, Windows 10’ga bir nechta vizual effektlar qo‘shiladi. Misol uchun, kursor interfeysning biror bir qismiga olib borilganda mazkur joy yonishi yoki uning shaffofligi o‘zgarishi mumkin.

Xulosa qilib aytilganda, Microsoft minimalistik dizayn sari bormoqda. Nashrning ta’kidlashicha, tarmoqda paydo bo‘lgan bu suratlar hozirda konsept ko‘rinishiga ega va natija umuman boshqacha bo‘lishi ham mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.