Beeline-O‘zbekiston «Opera Mini» brauzeriga hech qanday taqiq qo‘yilmaganini bildirdi


Beeline O‘zbekiston uyali aloqa operatori kompaniya mijozlaridan Opera Mini brauzerining ishlamayotgani borasida tushayotgan bir necha e’tirozlari bo‘yicha bayonot berdi. Bayonot kompaniya saytida e’lon qilingan, deb yozadi Kun.uz.
«Kompaniyamiz Opera Mini brauzeriga qanaqadir taqiqlar joriy qilmaganini ma’lum qilamiz. Agar siz bu muammoga ko‘p marotaba duch kelayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi boshqa barqaror ishlayotgan brauzer ilovasidan foydalanib ko‘ring. O‘z navbatida vaziyatga oydinlik kiritish bo‘yicha Opera kompaniyasi bilan aloqaga chiqishimizni ma’lum qilamiz», deyiladi kompaniya axborotida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













