Nokia 3’ning xususiyatlari internetga chiqib ketdi


2017 ko‘rgazmasida HMD Global kompaniyasi flagman Nokia 8 emas, balki ikkita hamyonbop smartfon – Nokia 3 va Nokia 5 modellarini taqdim etar ekan. Shuningdek, afsonaviy Nokia 3310 telefonining yangilangan zamonaviy talqini ham namoyish etiladi, deb yozadi Terabayt sayti.
Ammo, sizib chiqqan xabarlar tufayli, ikkita yangi smartfondan «kichkintoy»i – Nokia 3 modelining xususiyatlari haqidagi batafsil ma’lumotlar oshkor bo‘lib ulgurdi. Kutilganidek, bu boshlang‘ich darajadagi «o‘zak»ka ega qurilma bo‘ladi.

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 3 telefonining 5,2 yoki 5,3 dyuymli displeyi 1280x720 pikselli bo‘ladi. Unga 1,4 GGs chastotada ishlovchi to‘rt yadroli Snapdragon 425 prosessori hamda Adreno 308 grafik tezlatgichi o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 2 GB, ichki doimiy xotirasi esa 16 GB hajmli. Asosiy kamerasi 13, old kamerasi esa 5 megapiksellli.
Shuningdek, Nokia 3 smartfonining narxi 149 evro bo‘lishi ham xabar qilinmoqda. Nokia’ning ushbu va boshqa qurilmalari taqdimoti 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













