LG yangi smartfonini taqdim qildi

LG yangi smartfonini taqdim qildi
LG yangi smartfonini taqdim qildi

26 fevralda LG kompaniyasi Barselonada o‘zining yangi G6 smartfonini taqdim qildi.

Kutilganidek, qurilma Snapdragon 821 prosessorida ishlaydi va QHD+ (1440 x 2880 piksel) ko‘rsatish qobiliyatiga ega va burchaklari dumaloqlangan 5,7 dyuymli ekran bilan jihozlangan.

Qurilma ikkita 13 Mp li kamera bilan jihozlangan. O‘z navbatida, 5 Mpli sensorli old kamera 100 graduslik ko‘rish burchagiga ega va bu instagramm uchun kvadrat shaklidagi suratlar olishga imkon beradi.

Bundan tashqari, smartfon 3300 mA-soat hajmli akkumulyator olgan, Google Assistant aqlli yordamchisi, IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyaga ega. Ma’lum qilinishicha, LG G6 uch xil rang: platina, qora va kulrangda taklif qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.