LG smartfonlarining maxfiy kodlari

LG smartfonlarining maxfiy kodlari
LG smartfonlarining maxfiy kodlari

Dunyo bo‘ylab o‘z nufuziga ega bo‘lgan va ko‘pchilik yurtdoshlarimiz ham afzal ko‘rgan ishlab chiqaruvchilardan biri, shubhasiz, LG bo‘ladi. Uning qurilmalarini ishlatayotganlar ham o‘z sevimli smartfonlarining yashirin sozlamalari, imkoniyatlarini bilishni istashlari tabiiy.

Shunisi qiziqki, qurilmalarning maxfiy kodlari borasida Samsung yoki HTC kabi o‘z foydalanuvchilarini qiynab o‘tirmasdan, LG ishlab chiqaruvchilari o‘zgacha yo‘l tutishgan. Ya’ni, ular tegishli sozlamalarni o‘chirib-yoqib qo‘yish mumkin bo‘lgan chiroyli menyu yaratib qo‘yishgan. Shu birgina menyu – bamisoli smartfoningizning maxfiy imkoniyatlariga «kirish eshigi», uyog‘iga o‘zingiz kerakli ma’lumotlarni ko‘rib olaverasiz.

Demak, maxfiy sozlamalar menyusiga o‘tish kodlari LG’ning turli versiyalarida quyidagicha ko‘rinish olgan:

Xalqaro versiyalar: 3845#*855#

Koreya modellari: 3845#*400#

AT&T: 3845#*850#

Sprint: 5689#*990#

T-Mobile: 3845#*851#

Verizon Wireless: ##228378 (+chaqiruv)

Shuningdek, Android tizimidagi barcha smartfon va planshetlar uchun joriy etilgan maxfiy kodlar ham mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.