Oxirgi 15 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshdi

Oxirgi 15 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshdi
Oxirgi 15 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshdi

Oxirgi 15 yil ichida axborot-kommunikasion texnologiyalarining keskin o‘sishi kuzatildi. Hisobot davrida internetdan foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshdi, deb xabar bermoqda kun.uz.

Bu haqda Xalqaro elektr aloqa ittifoqining hisobotida ma’lumot berildi. Hujjat BMT Xalqaro uchrashuvining axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Forumida taqdim qilindi. Tadbir Jenevada 25-29 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 1 700 kishi ishtirok etmoqda.

Hisobotda aytilishicha, bugungi kunda 3.2 mlrd odam internet xizmatlaridan foydalanadi, ulardan 2 mlrd nafari rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. 2000 yilda ularning soni 738 mln kishini tashkil qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.