Twitter «tuxumli» avatarkalardan voz kechib, o‘rniga hojatxona taxtachalarini eslatuvchi yangilarini qo‘lladi

Twitter «tuxumli» avatarkalardan voz kechib, o‘rniga hojatxona taxtachalarini eslatuvchi yangilarini qo‘lladi
Twitter mikrobloglar servisi tuxum shaklidagi boshlang‘ich avatarkalardan voz kechib, o‘rniga kulrang odam silueti aks etgan avatarkalaridan foydalanishni boshladi. Bu haqda TJournal saytiga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Twitter «tuxumli» avatarkalardan voz kechib, o‘rniga hojatxona taxtachalarini eslatuvchi yangilarini qo‘lladi
Kompaniya vakillarining tushuntirishicha, hojatxonalardagi piktogrammalar yangi avatarkaning yaratilishida ilhom vazifasini bajardi, chunki «ayol va erkak o‘rtasidagi yagona farq – ularning kiyimida».
Twitter «tuxumli» avatarkalardan voz kechib, o‘rniga hojatxona taxtachalarini eslatuvchi yangilarini qo‘lladi
Twitter rahbariyati shu yo‘l bilan foydalanuvchilarni o‘z suratlarini ishlatishiga undamoqchi. Shunigdek, kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, «tuxumlar» ko‘rinishi «nafis va quvnoq» bo‘lgani uchun aksariyat foydalanuvchilar ularni o‘zgartirmaydi.
Twitter «tuxumli» avatarkalardan voz kechib, o‘rniga hojatxona taxtachalarini eslatuvchi yangilarini qo‘lladi
Bu so‘nggi bir necha kun ichida Twitter’da joriy etilgan yagona yangilik emas. 30 martdan e’tiboran tvitga javob berayotganda suhbatdoshning taxallusi 140 belgi ichida inobatga olinmasligi e’lon qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.