"Heroes of Might and Magic: Olden Era" o'yini erta kirish rejimida chiqdi

"Heroes of Might and Magic: Olden Era" o'yini erta kirish rejimida chiqdi

Unfrozen studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Heroes of Might and Magic: Olden Era" o'yini erta kirish rejimida ommaga taqdim etildi. Bu seriyaning 2015-yildan beri chiqqan birinchi loyihasi hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi qism uslub jihatidan mashhur uchinchi qismga juda o'xshash. Steam platformasidagi foydalanuvchilar o'yinning vizual uslubi va geympleyni ijobiy baholamoqda.

Loyiha tizim talablari bo'yicha ancha qulay. Minimal talablarda GeForce GTX 1650 video kartasi ko'rsatilgan bo'lib, xotiradan atigi 8 GB joy egallaydi.

Hozirgi vaqtda o'yinda oltita fraksiya, onlayn rejim va syujet kampaniyasining birinchi akti mavjud. O'yinni 25 foizlik chegirma bilan xarid qilish mumkin.

[media=https://cdn.embedly.com/widgets/media.html?src=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fembed%2FH-9GmgPIiPM%3Ffeature%3Doembed&display_name=YouTube&url=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fwatch%3Fv%3DH-9GmgPIiPM&image=https%3A%2F%2Fi.ytimg.com%2Fvi%2FH-9GmgPIiPM%2Fhqdefault.jpg&type=text%2Fhtml&schema=youtube]
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.