Intel Arc G3 protsessori sinovlarda Ryzen Z2 modelini ortda qoldirdi

Intel Arc G3 protsessori sinovlarda Ryzen Z2 modelini ortda qoldirdi

Intel Arc G3 Extreme protsessori portativ o'yin konsollari uchun mo'ljallangan bo'lib, ilk sinovlarda Ryzen Z2 Extreme'ni ortda qoldirdi. Hozircha faqat protsessor qismi bo'yicha natijalar ma'lum qilingan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Arc G3 Extreme 2+8+4 konfiguratsiyadagi 14 ta yadroga va iGPU Arc B390 grafikasiga ega. Bu ikkita katta yadrosi o'chirilgan Core Ultra X modeliga juda o'xshash.

Intel Arc G3 protsessori sinovlarda Ryzen Z2 modelini ortda qoldirdi

PassMark sinovlarida ushbu protsessor 29 600 dan ortiq ball to'pladi. Uning raqobatchisi Ryzen Z2 Extreme esa 23 650 ball qayd etgan.

Ryzen Z2 Extreme uchta Zen 5 va beshta Zen 5c yadrosiga ega. Intel yangiligida yadrolar soni bir yarim barobar ko'p bo'lsa-da, AMD APU yadrolari giperoqimni qo'llab-quvvatlaydi.

Grafik qism hozircha taqqoslanmagan, ammo Arc B390 modeli Radeon 890M'dan sezilarli darajada tezroq ekani ma'lum. Tarmoqda Arc G3 Extreme o'rnatilgan ilk portativ konsol haqida ma'lumotlar tarqaldi.

U Ryzen Z2 Extreme asosidagi ko'plab modellardan qimmatroq bo'lishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.