Intel Xeon protsessori olov va pichoq bilan qismlarga ajratildi

Intel Xeon protsessori olov va pichoq bilan qismlarga ajratildi

Hackinator YouTube kanalida Intel Xeon Silver 4110 protsessorini qismlarga ajratishning noodatiy usuli namoyish etildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Video mualliflari dastlab o'rnatilgan issiqlik tarqatuvchini olib tashlashdi. Shundan so'ng kristalning o'zi ajratib olindi va kremniy tuzilishini ko'rsatish uchun kimyoviy moddalar bilan ishlov berildi.

Intel Xeon protsessori olov va pichoq bilan qismlarga ajratildi

Odatdagi ehtiyotkorlik o'rniga pichoq, buragich, gaz yondirgich va qotirish vintlari kabi qo'pol usullardan foydalanildi.

Natijada protsessor butunlay ishdan chiqdi. Biroq asosiy maqsad uning ishlashini saqlab qolish emas, balki ichki tuzilishini namoyish etish edi.

Intel Xeon protsessori olov va pichoq bilan qismlarga ajratildi

Ortiqcha qatlamlar olib tashlangach, mualliflar kristalni maxsus pasta bilan tozalab, kuchli mikroskop ostida o'rganishdi.

Bunday qo'pol yondashuvga qaramay, yakuniy suratlar kremniy kristalining murakkab va chiroyli naqshini ko'rsatib berdi.

[media=https://cdn.embedly.com/widgets/media.html?src=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fembed%2FbAxGHXc-E90%3Ffeature%3Doembed&display_name=YouTube&url=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fwatch%3Fv%3DbAxGHXc-E90&image=https%3A%2F%2Fi.ytimg.com%2Fvi%2FbAxGHXc-E90%2Fhqdefault.jpg&type=text%2Fhtml&schema=youtube]
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.