OpenAI 80 yillik matematik jumboqni yechganini e’lon qildi

OpenAI 80 yillik matematik jumboqni yechganini e’lon qildi

OpenAI kompaniyasi oʻzining yangi mulohaza yurituvchi modeli geometriya sohasidagi mashhur yechilmagan gipotezani rad etuvchi original matematik isbotni taqdim etganini ma’lum qildi. Ushbu muammo ilk bor 1946-yilda Pol Erdosh tomonidan ilgari surilgan edi. Bu OpenAI uchun bunday turdagi birinchi da’vo emas, biroq bu safar natijalar ancha jiddiy koʻrinmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Bundan yetti oy avval kompaniyaning sobiq vitse-prezidenti Kevin Veyl GPT-5 modeli Erdoshning 10 ta yechilmagan muammosiga javob topganini aytgan edi. Biroq keyinchalik model shunchaki adabiyotlarda mavjud boʻlgan yechimlarni topgani ma’lum boʻldi. Bu xatolik Yann LeCun va Google DeepMind rahbari Demis Hassabis kabi raqiblarning tanqidlariga sabab boʻlgan edi. Bu safar OpenAI xatoni takrorlamaslik uchun Noga Alon va Thomas Bloom kabi taniqli matematiklar bilan hamkorlikda isbotni tasdiqladi.

“Deyarli 80 yil davomida matematiklar eng yaxshi yechimlar kvadrat panjaralarga oʻxshash boʻladi deb ishonishgan. OpenAI modeli ushbu ishonchni rad etdi va yanada samaraliroq ishlaydigan butunlay yangi konstruksiyalar oilasini kashf qildi”, — deyiladi kompaniya bayonotida. Bu sun’iy intellektning matematika sohasidagi markaziy muammoni mustaqil ravishda hal qilgan ilk holati sifatida baholanmoqda.

OpenAI ta’kidlashicha, ushbu isbot maxsus matematika uchun yaratilgan tizim emas, balki umumiy maqsadli yangi mulohaza yuritish modeli tomonidan amalga oshirilgan. Bu sun’iy intellekt tizimlarining uzoq va murakkab mantiqiy zanjirlarni bogʻlash qobiliyati oshganini anglatadi. Bunday yutuq kelajakda biologiya, fizika, muhandislik va tibbiyot sohalarida ham yangi kashfiyotlar qilish imkonini berishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.