Rossiyada bankomatlar internetsiz ishlashi va “oq roʻyxatlar” joriy etilishi kutilmoqda

Rossiyada bankomatlar internetsiz ishlashi va “oq roʻyxatlar” joriy etilishi kutilmoqda

Rossiyada mobil internet cheklangan sharoitda ham moliyaviy xizmatlarning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida banklar va sugʻurta kompaniyalari bosqichma-bosqich Raqamli rivojlanish vazirligining “oq roʻyxatlari”ga kiritiladi. Bu haqda Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Nabiullinaning soʻzlariga koʻra, barcha ishtirokchilarni bir vaqtning oʻzida tizimga ulash texnik cheklovlar tufayli imkonsiz, shu sababli jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mazkur roʻyxatga nafaqat yirik banklar, balki sugʻurta tashkilotlari ham kiritilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Raqamli rivojlanish vazirligi va aloqa operatorlari bankomatlar hamda toʻlov terminallarining mobil internet oʻchirilgan holatda ham ishlashini taʼminlaydigan maxsus texnik yechimlarni ishlab chiqdi. Ushbu texnologiyalar hozirda banklar bilan hamkorlikda sinovdan oʻtkazilmoqda.

Hukumat ushbu choralar orqali aloqa bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan cheklovlar sharoitida mamlakat moliyaviy infratuzilmasi uchun xatarlarni kamaytirishni maqsad qilgan. Yangi tizim bank operatsiyalarining uzluksizligini kafolatlashi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.