Samsung himoyalangan Galaxy S6 Active smartfoni haqida axborot berdi


Samsung kompaniyasi Galaxy S6 Active smartfonining himoyalangan versiyasi haqida boshlang‘ich axborot tarqatdi. Yangi apparatning promolavhasi AT&T operatorining Youtube’dagi kanali orqali namoyish etildi, deb yozmoqda Kun.uz.
Smartfonning rezinali korpusi uni changdan va namlikdan IP58 standarti bo‘yicha muhofaza qiladi. Bundan tashqari, 1.2 m gacha bo‘lgan balandlikdan tushib ketish yangi telefonga qo‘rqinchli emas.
Texnik nuqtai nazardan S6 Active 3500 mA/soat batareyasiga ega bo‘ldi. Ammo, Galaxy S6dan farqli ravishda, himoyalangan versiyada barmoq izlari skaneri yo‘q.
Samsung Exynos 7420 prosessori, 13 mP li kamera va 5.1 dyuymli ekran ham S6nikidan farq qilmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













