DeepSeek Rossiyada VPNsiz yana ishlay boshladi

DeepSeek Rossiyada VPNsiz yana ishlay boshladi

Xitoyning DeepSeek neyrotarmogʻi Rossiya hududida odatiy rejimda ishlashga qaytdi. Nosozliklarni kuzatuvchi servislar maʼlumotlariga koʻra, platformaga kirish bilan bogʻliq muammolar bartaraf etilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avvalroq rossiyalik foydalanuvchilar ommaviy ravishda DeepSeek xizmatidan foydalana olmayotganliklari haqida xabar berishgan edi. Oʻsha vaqtda neyrotarmoq faqat VPN orqali ishlagan va detector404.ru saytida bir soatning oʻzida mingdan ortiq shikoyatlar qayd etilgan.

Rossiyaning tegishli idoralari va OAV manbalari mamlakatda hech qanday rasmiy blokirovka oʻrnatilmaganini tasdiqladi. Hozirda foydalanuvchilar servisdan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, DeepSeek startapi yaqinda oʻzining flagman modeli boʻlmish V4-Pro narxini doimiy ravishda 75 foizga pasaytirgan edi. Bu esa sunʼiy intellekt bozorida raqobatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.