Xiaomi prezidenti: Yangi klips-quloqchinlar "issiq kulchadek" sotilmoqda

Xiaomi prezidenti: Yangi klips-quloqchinlar "issiq kulchadek" sotilmoqda

Xiaomi kompaniyasi prezidenti Lu Weibing brend tarixidagi ilk klips-quloqchinlar (ear clip headphones) bozorda katta muvaffaqiyat qozonayotganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi qurilma xaridorlar tomonidan juda tez surʼatlarda sotib olinmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Gap Xiaomi Ear Clip Headphones modeli haqida ketmoqda. Bu kompaniyaning ochiq turdagi ilk klipsli quloqchinlari boʻlib, ular quloq kanalini yopmagan holda bevosita quloq suprasiga mahkamlanadi. Ushbu dizayn foydalanuvchiga musiqa tinglash bilan birga atrof-muhit tovushlarini ham eshitish imkonini beradi.

Yangi gadjet chang va suvdan himoyalangan boʻlib, sunʼiy intellekt (AI) funksiyalari bilan jihozlangan. Xususan, u 21 ta tilda nutqni tanish va tarjima qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, qurilma Apple ekotizimi bilan ham toʻliq mos keladi.

Bu Xiaomi kompaniyasining klipsli quloqchinlar segmentiga kirishdagi ilk urinishidir. Avvalroq brend TWS-quloqchinlar bozorida muvaffaqiyatli rivojlanayotgan edi, endilikda esa noodatiy shakldagi qurilmalar bilan oʻz mahsulotlar qatorini kengaytirmoqda.

Maʼlumot uchun, Xiaomi Ear Clip Headphones hozirda Xitoy bozorida rasman sotuvga chiqqan va qisqa vaqt ichida eng ommabop aksessuarlardan biriga aylanishga ulgurgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.