LimX Luna: 27 ta erkinlik darajasiga ega raqsga tushuvchi robot taqdim etildi

LimX Luna: 27 ta erkinlik darajasiga ega raqsga tushuvchi robot taqdim etildi

Xitoyda LimX Luna nomli yangi gumanoid robot rasman taqdim etildi va sotuvga chiqdi. Ushbu robotning boshlangʻich narxi 43 000 dollar etib belgilangan, biroq dastlabki 100 ta nusxa xaridorlarga 38 000 dollardan taklif etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

LimX Luna boʻyi 160 sm boʻlib, u 27 ta erkinlik darajasiga ega. Qurilma ikkinchi avlod SYS 0 harakatni boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, u takomillashtirilgan issiqlik chiqarish tizimi va uzoqroq xizmat qiluvchi akkumulyatorga ega boʻlib, koʻp modalli oʻzaro aloqa funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Ishlab chiqaruvchilarning taʼkidlashicha, yangi robot oʻzidan oldingi modelga qaraganda 150 foizga koʻproq avtonom ishlay oladi. Agar u simli quvvat manbaiga ulangan boʻlsa, 24/7 rejimida toʻxtovsiz xizmat koʻrsatishi mumkin. Robot xavfsizlik tizimi bilan ham boyitilgan: u tashqi zarbalarni aniqlaydi, yiqilganda harakatni toʻxtatadi va favqulodda vaziyatlarda tugma orqali darhol oʻchadi.

LimX Luna koʻp qirrali vazifalarni bajarishga qodir. Masalan, u savdo markazlarida gid sifatida ishlashi yoki koʻngilochar bogʻlarda interaktiv oʻyinlar oʻtkazishi mumkin. Eng qiziqarli jihati shundaki, robot videolarni tomosha qilish orqali raqsga tushishni oʻrganish qobiliyatiga ega.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.