Honor 600 Super Edition taqdim etildi: 8600 mA/soat akkumulyator va IP69K himoyasi

Honor 600 Super Edition taqdim etildi: 8600 mA/soat akkumulyator va IP69K himoyasi

Bugun Xitoyda Honor 600 Pro modeli bilan bir qatorda Honor 600 Super Edition smartfoni ham rasman namoyish etildi. Nomiga qaramay, ushbu qurilma Pro-versiyaning biroz soddalashtirilgan varianti hisoblanadi: unda simsiz quvvatlash funksiyasi mavjud emas va kamera tizimidan optik zumga ega 50 megapikselli modul olib tashlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Honor 600 Super Edition ikki xil xotira konfiguratsiyasida taklif etilmoqda: 12/256 GB talqini 485 dollar, 12/512 GB varianti esa 545 dollar etib belgilangan. Subsidiyalar hisobga olinsa, boshlangʻich narx 410 dollargacha tushishi mumkin. Qurilma 6,57 dyuymli, 2728 x 1264 pikselli, 120 Hz chastotali va 3840 Hz li PWM boshqaruviga ega AMOLED displey bilan jihozlangan.

Smartfonning asosiy ustunligi uning akkumulyator sigʻimidir — u Pro-versiyadagi 8000 mA/soat oʻrniga 8600 mA/soatlik batareyaga ega boʻldi. Biroq, 50 vattli simsiz quvvatlash texnologiyasidan voz kechilgan, faqat 80 vattli simli quvvatlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Qurilma unumdorligi uchun Qualcomm Snapdragon 7 Gen 4 chipseti masʼul.

Kamera borasida Honor 600 Super Edition 200 MP va 12 MP sensorli asosiy kamera hamda 50 megapikselli old kamera bilan taʼminlangan. Shuningdek, smartfon IP69K standarti boʻyicha suv va changdan himoyalangan, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4, NFC va IK-port modullariga ega. Qurilmaning qalinligi 7,95 mm, ogʻirligi esa 201 grammni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.