Honor Pad 20: 3K ekran va 10 100 mAs sigʻimli akkumulyatorga ega planshet

Honor Pad 20: 3K ekran va 10 100 mAs sigʻimli akkumulyatorga ega planshet

Honor kompaniyasi oʻzining yangi Pad 20 planshetini rasman taqdim etdi. Qurilma Xitoy bozorida kulrang, yashil va pushti ranglarda sotuvga chiqmoqda. Hozirda oldindan buyurtma berish imkoniyati mavjud, rasmiy savdolar esa 27-maydan boshlanishi rejalashtirilgan. Planshetning 6/128 GB xotiraga ega standart versiyasi 2099 yuandan (taxminan 315 dollar) boshlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi Soft Light Edition nomli maxsus modifikatsiyani ham namoyish etdi. Ushbu versiya qogʻoz teksturasini eslatuvchi mot va aksga qarshi qoplamali ekranga ega boʻlib, uning narxi xotira hajmiga qarab 2499 yuandan (375 dollar) 3399 yuangacha (510 dollar) yetadi. Qurilma 12,1 dyuymli, 3K (3000 x 1872 piksel) aniqlikdagi IPS-displey bilan jihozlangan boʻlib, u 120 Gs yangilanish chastotasi va 700 nit yorqinlikni taʼminlaydi.

Planshetning apparat qismi Snapdragon 7 Gen 3 chipsetiga asoslangan. Akkumulyator sigʻimi 10 100 mAs ni tashkil etadi. Qurilma 66 W gacha tezkor quvvatlashni qoʻllab-quvvatlasa-da, jamlanmada 45 vattli adapter taqdim etiladi. Ovoz tizimi oltita dinamikdan iborat, old va asosiy kameralar esa bir xil — 8 megapikselli aniqlikka ega.

Honor Pad 20 plansheti Android 16 asosidagi MagicOS 10 tizimida ishlaydi. Talabalar uchun maxsus sunʼiy intellekt (AI) vositalari toʻplami joriy etilgan boʻlib, ular maʼruzalarni avtomatik matnga aylantirish, aqlli qaydlar yuritish va imtihonlarga tayyorlanishda yordam beradi. Qurilma USB-C orqali ulanadigan Honor Magic-Pencil 4s stilusini ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Taqdimot doirasida Honor planshetdan tashqari Honor 600 Pro, Honor 600 Super Edition, Honor 600 Vitality Edition smartfonlari hamda Honor Watch 6 Plus aqlli soatlarini ham namoyish etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.